"Barselona" yozda kimlarni xarid qilishini aniqlashtirib oldi

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2018
"Barselona" yozgi transfer oynasida xarid qilinadigan futbolchilar ro'yxatini tuzib oldi.

Ernesto Valverde markaziy hujumchi roliga "Manchester Siti" forvardi Gabriel Jezusni olib kelmoqchi, biroq transfer amalga oshishining ehtimoli kam, chunki "shaharliklar" pulga muhtoj emas va yosh braziliyalik bilan xayrlashmaydi.

"Barselona" PSV yarim himoyachisi Irvin Losanoni xarid qilish niyatida.

Ko'k-anorraglilar markaziy yarim himoyachi joyiga Aleksandr Golovin va Miralem Pyanichni nomzod sifatida ko'rmoqda.

Oldinroq, "Barselona" "Bavariya"dan Tyago Alkantara va "Tottenxem"dan Kristian Eriksenni olishi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS