"Barselona" yoshlari raqibi ustidan kulishdi

Aslanov Jasurbek
8 may 2017, 15:49
"Barselona B" jamoasi Ispaniyaning uchinchi darajali chempionatining navbatdagi turida hamshahar bo'lgan "Espanol B" bilan bahs o'tkazdi.

"Barselona B" bu o'yingacha Segunda yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan , "Espanol B" esa turnir jadvalining so'nggi o'rinlaridan birini egallab, bundanda quyi ligaga tushib ketishi oydinlashi borayotgan edi. Uchrashuv boshlanishidan avval "Espanol B" yigitlari raqibini maxsus yo'lakcha tashkil qilib, tabrik bilan kutib oldi.


Ko'k-anorranglilar mehmonda 0:2 hisobida g'olib bo'lishdi.

TAS-IX emas


Biroq bahs yakunlanganidan so'ng "Barselona B" vakillari raqibni ustidan kulishdi.


"Barselona" yoshlaridan biri tribunaga qarata uch barmog'ini ko'rsatib, jamoa quyi ligaga tushib ketganini ko'rsatgan.



"Barselona B" o'yinchilari futbolni yaxshi o'rganishgan, ammo tarbiya borasida ularda kamchilik borligi ko'rinib qoldi. Ular o'zlarini klubning asosiy jamoasidagi kamtar akalari kabi tutmagani ko'pchilikning etiroziga sabab bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia