"Barselona" yana bir transferni amalga oshirishga yaqin turibdi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2018, 14:43
"Gremio" yarim himoyachisi Artur Ramos faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Diario Sport bergan ma'lumotlarga ko'ra, klublar ushbu transfer borasida kelishib olishgan. Kataloniya klubi yarim himoyachi uchun 30 mln. evro to'laydi va Artur Ramosning huquqi "Barselona"ga o'tadi, ammo 21 yoshli futbolchi 2020 yilga qadar faoliyatini "Gremio"da ijara asosida davom ettiradi.

Kataloniya klubi qishki transfer oynasida "Liverpul"dan Filippe Koutino va "Palmeyras"dan Yerri Minani sotib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca