"Barselona" xo'jayinlari Lautaro Martines bilan shartnoma imzolanishiga ishonchlari komil

Alisher
7 may 2020, 15:55
"Barselona" rahbariyati "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesni jamoaga olib kelishlariga ishonishadi.

"Barselona" Martines uchun raqobatda PSJ klubi bilan kurashmoqda, ammo "ko'k-anorranglilar" rahbariyati argentinalikni "Kamp Kou"ni tanlaydi deb taxmin qilishmoqda.

Lautaro Martinesning tovon puli 111 million evroni tashkil etadi. "Barselona" o'yinchining narxini tushirish borasida "Inter" bilan muzokaralar olib bormoqda.

Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 4ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com