"Barselona" xavbeki uchun kurashga turk klubi ham qo'shildi

Alisher
24 avg 2019, 14:31
Rafinya faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

"Fenerbaxche" "Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantaraga ko'z tikmoqda.

Turk klubi tez orada "ko'k-anorranglilar" bilan 26 yoshli braziliyalik futbolchi borasida muzokaralar olib bormoqchi.

Oldinroq, Rafinyani Ispaniyaning "Valensiya" klubi o'z tarkibiga qo'shib olish uchun jiddiy harakat boshlagani aytilgan edi.

Futbolchining Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil iyunga qadar mo'ljallangan.

Rafinya "Barselona" tarbiyalanuvichisi hisoblanadi. Klub uni turli yillarda "Selta" va "Inter" klublariga ijaraga bergan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: O'Jogo