"Barselona" vingeri Chempionlar ligasi rekordchisiga aylandi

Alisher
22 fev 2024, 13:31
Futbolchi qiziqarli natija o'rnatdi.

"Barselona" vingeri Lamin Yamal "Napoli" (1:1)ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final doirasidagi o'yinda ishtirok etdi. Futbolchi shu bilan birga CHL rekordini ham o'rnatdi.

Yamal Chempionlar ligasi pley-off tarixida o'ynagan eng yosh o'yinchi bo'ldi. U 16 yosh 223 kunligida maydonga tushdi.

Yosh ispan joriy mavsum CHL doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Opta Sports