"Barselona" vice-prezidenti Messining shartnomasini uzaytirishi borasida gapirdi

Alisher
9 apr 2020, 13:42
"Barselona" vice-prezidenti Emili Russo Lionel Messining "Kamp Nou"dan ketmasligiga ishonmoqda.

Bundan oldin Messining Argentinaga yo'l olishi yoki Milanning "Inter" klubiga o'tishi borasida xabarlar yangragan edi.

"Messining yangi shartnomasi? Aminmanki, bitim imzolanishi bilan bog'liq hech qanday muammo bo'lmaydi", - deydi Russo.

Eslatib o'tamiz, Messi joriy mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 16ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Partidazo de COPE