"Barselona" ustozi jamoa himoyachisi bilan shartnoma uzaytirilishini xohlamoqda
Tolibjon Qosimov
24 mar 2020, 10:34
"Barselona" himoyachisi Kleman Langle klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Bu haqda "Sport.es" nashri xabar berdi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, ushbu tashabbus "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Kike Setendan chiqqan. Eslatib o'tamiz, Langlening hozirgi kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.