"Barselona" urugvaylik futbolchini sotib oldi, endi uning tovon puli 100 mln evro

Aslanov Jasurbek
30 avg 2018, 14:26
"Barselona" rasmiy sayti "Boston River" va Urugvay yoshlar terma jamoasi sardori Ronald Arauxoni sotib oldi.

19 yoshli futbolchi va klub o'rtasida 5 yillik shartnoma imzolandi. Transfer 1,7 mln evro evaziga amalga oshdi va u bonuslar bilan 5,2 mln evrga yetishi mumkin. Arauxo faoliyatini "Barselona" yoshlar jamoasida davom ettiradi. Bitim bo'yicha urugvaylikning tovon puli 100 mln evro, ammo u Kataloniya klubining asosiy jamoasiga o'tsa ushbu narx 200 mln evroga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com