"Barselona" Traoreni sotib olishga tayyor

Mirjalol Normatov
27 avg 2022, 14:19
"Barselona" "Renn" himoyachisi Amari Traoreni sotib olish bo'yicha taklif tayyorlamoqda.

"GFFN" xabariga ko'ra, francuz klubi futbolchining ushbu transferiga qarshi emas. 30 yoshli malilik futbolchi uchun "Barselona" 3 million evro to'lashga tayyor turibdi.

Bir yildan so'ng uning klubi bilan shartnomasi yakuniga etadi. Yakunlangan mavsumda Traore 42 o'yinda qatnashib, 3 gol va 11 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: GFFN