"Barselona" to'xtashni istamayapti. Kataloniyaliklar yana bir o'yinchini sotib olishga tayyorlanishmoqda

Tolibjon Qosimov
27 yanv 2018, 15:55
"Barselona" klubi "Gremio" yarim himoyachisi Artur Ramosga da'vogarlik qilmoqda.

Bu haqda "UOL Esporte" xabar berdi. Klublar vakillari shu haftadayoq muzokaralarga kirishishlari kutilmoqda. 21 yoshli o'yinchi uchun kataloniyaliklar 30 million evro to'lashga tayyor. Bunday holatda "Barsa" "Gremio" futbolchisi transfer huquqining 60 foizini sotib oladi. Ramos yozgacha Braziliyada qoladi va "Barselona"ga iyulda yoki 2018 yilning oxirida keladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: UOL Esporte