"Barselona" tez orada yana bir transferni e'lon qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
1 apr 2019, 16:19
"Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligt faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi gollandiyalik futbolchi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi.

"Barselona" mart oyida "Ayaks" va de Ligtga rasmiy taklif yuborgan edi. Transfer Frenki de Yong uchun berilayotgan mablag'dan (75 mln. evro) kamroq pul evaziga amalga oshadi, ammo shartnoma shartlari o'xshash.

"Ayaks" de Ligt transferidan katta mablag' ishlab olmoqchi edi, ammo futbolchi Kataloniya klubiga o'tishni istayotgani uchun uni arzonroqqa berib yuborishga rozi bo'ldi.

"Barselona" ushbu transfer haqida "Ayaks" hamda "Yuventus" o'rtasidagi Chempionlar ligasi o'yinidan oldin e'lon qilmoqchi.

Oldinroq, Kataloniya klubi Frenki de Yong transferi haqida e'lon qilgan edi. Futbolchi yozda "Barselona" safiga qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport