"Barselona" tarbiyalanuvchisi "Manchester Siti"ga o'tishni istamadi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2023, 10:22
Unga katta pul taklif qilishdi.

"Manchester Siti" "Barselona" himoyachisi Aleks Baldega taklif bilan chiqdi, biroq futbolchi uni rad etdi, deb xabar berdi "Mundo Deportivo".

"Shaharliklar" 19 yoshli futbolchiga maoshini sezilarli darajada oshirishga vada berishdi. Biroq Balde uchun ustuvor vazifa uni tarbiyalagan "Barselona" bilan 2024 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnomani uzaytirish.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Aleks Balde Jordi Albani asosiy tarkibdan siqib chiqardi. Nomdor futbolchi oxir-oqibat erkin agent sifatida "Barselona"ni tark etdi. Balde 2022 yilgi Jahon chempionatida o'ynagan Ispaniya terma jamoasiga ham etib keldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo