"Barselona" Suares o'rniga to'rt futbolchi nomzodini ko'rib chiqmoqda

Aslanov Jasurbek
24 sen 2018, 14:29
"Barselona" yanvarda 32 yoshga to'ladigan hujumchi Luis Suares o'rniga futbolchi izlash bilan band.

Ma'lumotlarga ko'ra, urugvaylikning o'rnini egallashi mumkin bo'lganlar ro'yxatida Garri Keyn ("Tottenxem"), Roberto Firmino ("Liverpul"), Mauro Ikardi ("Inter") va Timo Verner ("Leyptsig") bor. Kataloniya klubi 2019 yilning yozida ushbu forvarlardan birini sotib olishi mumkin.

Suares 2014 yil "Liverpul"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Joriy mavsum hujumchi LaLiganing 5ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports