"Barselona" "Siti" himoyachisini ijaraga olish bo'yicha kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2023, 19:25
"Barselona" "Manchester Siti"dan Joau Kanseluni ijaraga oladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" Kanseluni xarid qilish huquqi bilan ijaraga olish bo'yicha "Manchester Siti" bilan kelishib olgan. Klublar kun oxirigacha hujjatlarni imzolashadi.

Kanselu bugun tunda Ispaniyaga uchib, transferni yakunlaydi.

Himoyachi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijarada, "Bavariya"da o'tkazgan edi. U nemis klubida 21ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq myunxenliklar futbolchini 70 mln. evroga sotib olish huquqidan foydalanishmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano