"Barselona" shu hafta Ispaniya chempionligini nishonlashi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
8 may 2015
Marca nashrining xabar qilishicha, agar vaziyat shu darajada davom etadigan bo'lsa Ispaniya chempionatiga 16 may kuni 36-turdan so'ng yakun yasalishi mumkin.

O'sha kungi turnir jadvali esa chempionatning yakuniy jadvali hisoblanadi. Bu degani, "Barselona" agar "Real Sosedad"ni yutsa yoki "Real" "Valensiya"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotsa kataloniyaliklar chempionlikni nishonlaydilar.

Shuningdek, 30 may kuniga rejalashtirilgan Ispaniya kubogi final o'yini ham o'tkazilmasligi mumkin.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net