“Barselona” Robert Levandovskiga narx qo'ydi

Nozimov Nig'monxo'ja
25 dek 2023, 08:07
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski jamoani tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, Kataloniya klubi rahbariyati hujumchini 20 million evroga sotib yuborishga tayyor. Avvalroq 35 yoshli hujumchiga Saudiya Arabistonidan taklif borligi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun Robert Levandovskining “Barselona” bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 9 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com