"Barselona" Reshfordning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2025, 13:54
"Barselona" "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan vinger Markus Reshfordni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda "Sky Sports" ma'lum qildi.

Tomonlar o'rtasidagi ijara shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi, ammo kataloniyaliklar sotib olish masalasini muhokama qilishga hozirdanoq tayyor. Biroq "Manchester Yunayted" moliyaviy taraflama yon berishiga to'g'ri keladi.

"Ko'k-anorranglilar"da Reshfordni shartnoma bo'yicha 35 mln funtga xarid qilish imkoni bor. "Barselona" 25 mln funt to'lashga tayyor, chunki klub hamon moliyaviy qiyinchilikda. Qolgani esa MYUning poziciyasiga bog'liq.

Angliyalik futbolchi yozda ijara asosida Kataloniya klubiga qo'shilgandi. 27 yoshli vinger barcha turnirlarda 7 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports