"Barselona" Reshfordning huquqlarini sotib olishga tayyor

Sherzod Nurmatov
23 sen 2025, 18:20
"Barselona" rahbariyati hozirda Kataloniya klubida ijara asosida o'ynayotgan angliyalik hujumchi Markus Reshfordni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqadi.

"Daily Star" ma'lumotlariga qaraganda, "ko'k-anorranglilar" 27 yoshli futbolchini 30 million evro evaziga to'liq xarid qilishga shay. "Manchester Yunayted" esa forvardni sotishdan kamida 40 million evro ishlab olmoqchi. Reshfordning o'zi ham Kataloniya jamoasida o'ynashni davom ettirish istagida.

Eslatib o'tamiz, Markus Reshford yaqinda Chempionlar Ligasida "Nyukasl Yunayted" ustidan qozonilgan g'alabada ikkita gol urdi. Kataloniyaliklar "hakkalar"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Forvard La Ligada 5 o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Star