"Barselona" "Real" sobiq futbolchisini nishonga oldi

Alisher
15 fev 2022, 17:58
PSJdan mavsum so'nggida ketishga yaqin bo'lgan argentinalik vinger Anxel Di Mariya Ispaniyaga qaytishi mumkin.

Yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" Anxelni yozda erkin agent bo'lgan payti o'z saflariga qo'shib olishni rejalashtirishmoqda. Oldinroq xabar berilganidek, Parij klubi futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas.

Di Mariya "Real" safida La Ligada 2010-2014 yillarda to'p tepgan. Shundan so'ng bir mavsum "Manchester Yunayted"da o'ynagan, 2015 yildan esa PSJda harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS