"Barselona" rasmiy saytida Depayning libosi sotilmoqda

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2021
Kataloniya klubi dushanba kuni uning transferini e'lon qilishi kutilyapti.

"Lion"dan kyetishini e'lon qilgan hujumchi Memfis Depay "Barselona" bilan muzokara olib borgan.

"El Mundo Deporivo" nashrining yozishicha, klub futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda dushanba kuni rasman xabar beriladi.

"Barselona" rasmiy saytida esa uning liboslari sotila boshlaganini guvohi bo'lishingiz mumkin.

Memfis o'tgan mavsumda "Lion" safida 40 o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo