"Barselona" Rakitichga xaridor izlamoqda

Alisher
30 yanv 2020, 16:20
"Barselona" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Ivan Rakitich bilan xayrlashmoqchi.

Kataloniyaliklarning yangi murabbiylar shtabi xorvatiyalik futbolchi bilan xayrlashishni va unga xaridor topishni xohlashmoqda.

Rakitich joriy mavsum "Barselona" tarkibida 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist ijro etdi.

Eslatib o'tamiz, Rakitich "Barselona"ga 2014 yilda "Sevilya"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es