"Barselona" PSJ futbochlisini sotib olmoqchi

22 mar 2018, 17:23
Kataloniyaning "Barselona" klubi PSJ yarim himoyachisi Adrien Raboni sotib olish niyatida, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo nashri.

Manbaning xabar berishicha, Kataloniya klubi fransiyalik futbolchini o'tgan yilgi yozgi transfer vaqtida sotib olishi mumkin edi. "Ko'k-anorranglilar" Neymarni o'rniga Raboni jamoaga olib kelishni maqsad qilgandi. O'shanda parijliklar rad javobini berishgandi. Endi vaziyat o'zgardi, Rabo PSJ bilan shartnomani uzaytirish borasidagi taklifni rad etmoqda. Raboning "Barselona"ga o'tishi yozgi transfer vaqtida amalga oshishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru