"Barselona" Prinsdan norozi

Mirjalol Normatov
24 mar 2019, 17:27
"Barselona" murabbiylar shtabi yarim himoyachi Kevin Princ-Boatengning o'zini tutishidan norozi.

"Sport Bild" xabariga ko'ra, u jamoaning so'nggi o'yinidan keyingi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan. O'yindan keyingi kungi mashg'ulotlarga chiqish majburiy bo'lmasa-da, odatda futbolchilar bunda qatnashishadi.

Shu boisdan Kataloniya klubi rahbariyati 32 yoshli ganalikni yozda "Sassuolo"ga qaytarib yuborishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Bild