"Barselona" prezidenti: "Inesta "Barselona"da qancha xohlasa, shuncha o'ynashi mumkin"

Tolibjon Qosimov
23 apr 2018, 13:04
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoasining Ispaniya kubogi finalida "Sevilya" ustidan qozongan g'alaba (5:0)si haqida gapirdi.

Bundan tashqari, u yarim himoyachi Andres Inesta Kataloniya klubidagi faoliyatini qachon tugatishini o'zi hal qilishi mumkinligini ham aytgan.

"O'yin ajoyib o'tdi, natija ham. Jahonning eng yaxshi jamoasi sovrin qo'lga kiritdi.

Inesta? U navbatdagi bor o'z darajasini va qanday o'ynay olishini ko'rsatdi. U bunday darajada harakat qilganida hammamizga roxat ulashadi. Uning kelajagi borasida o'zidan so'rash kerak. Unda "Barselona" bilan butun umrlik shartnoma bor, u jamoadan o'zi istagan paytda ketishi mumkin", - dedi Bartomeu.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football-Espana