"Barselona" prezidenti de Yongning kelajagi haqida gapirdi

Administrator
29 iyul 2022, 23:59
Frenki de Yongning keyingi faoliyati mavxum bo'lib turibdi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Frenki de Yongning keladagi haqida gapirib o'tdi. Avvalroq, de Yongga maoshini kamaytirishga rozi bo'lish so'ralgandi.

"Biz u qolishi uchun qo'limizdan kelgan barcha narsani qilamiz. Ishonamizki, de Yong ham qo'lidan kelgan barcha ishni qiladi. Klubga kelganimizda maoshlar fondi 40% ga ko'pligini aniqlagandik. Hozir bizda maoshlar bo'yicha yangi o'lchov bor. Barcha o'yinchilar shu o'lchovga rozi bo'lishlari lozim. De Yong ham, biz ham uning qolishini istamoqdamiz", -deydi Joan Laporta.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Mundo Deportivo