"Barselona" Pau Torresni xarid qilishi mumkin

Alisher
22 iyul 2022, 11:01
"Barselona" "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torresning xaridiga qiziqmoqda.

Kataloniya klubi "Sevilya"dan Jyul Kundeni olishni uddasidan chiqa olmaganidan so'ng, 25 yoshli ispaniyalik variantini ko'rib chiqmoqda.

Torres "Vilyarreal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u faoliyatinining boshidan beri ushbu klub sharafini himoya qiladi.

Himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca