"Barselona" o'zining 120 yilligini nishonlamoqda

Alisher
29 noya 2019, 16:13
"Barselona" bugun o'zining 120 yilligini nishonlamoqda.

Klubga 1899 yil 29 noyabrda Kataloniyada Joan Kamper boshchiligidagi Shveytsariya, Britaniya, Ispaniya va kataloniyalik futbolchilik tomonidan asos solingan.

"Barselona" 26 karra Ispaniya chempionati ("Real"dan keyingi ikkinchi ko'rsatkich), 30 karra mamlakat kubogi (milliy rekord) va 13 karra Ispaniya Superkubogi (milliy rekord) sohibi sanaladi.

"Barselona" 5 karra Chempionlar Kubogi/Chempionlar ligasi, 4ta karra Kubok egalari kubogi, 3 karra klublar o'rtasidagi JCH va qitalararo kubok g'olibidir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona