

Avvalroq, 29 yoshli nemis "Bayer"ni mavsum yakunida tark etishini ma'lum qilgandi - u klub bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagan. "Barsa" va futbolchi o'rtasida hali hech narsa imzolanmagan, ammo og'zaki kelishuv mavjud.
Taga "Real" va "Bavariya" ham da'vogarlik qilmoqda. Agar yozda jamoani "Bayer"ning amaldagi ustozi Xabi Alonso boshqarsa, madridliklar varianti dolzarb bo'lishi mumkin. Futbolchi va murabbiy o'rtasida yaqin munosabatlar mavjud.
Jonatan Ta "Bayer"ga 2015 yilda kelib qo'shilgan. Bu vaqt ichida u 398 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda Ta 45 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 30 mln evroni tashkil etadi.




