"Barselona" yarim himoyachisini 40 mln. evroga sotishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2018
"Barselona" yarim himoyachisi Paulinoga davogarlik qilayotgan klub nomi ma'lum bo'ldi.

"Yuventus" 29 yoshli futbolchining 40 mln. evrolik tovon pulini to'lashga tayyor. Turinliklar narxni tushirishga umid qilishmoqda.

"Yuventus" Paulinoni yozda boshqa klubga o'tishi mumkin bo'lgan Miralem Pyanichga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Bir yil oldin Paulino 40 mln. evro evaziga "Guanjou Evergrand"dan Kataloniya klubiga o'tgan edi. Xavbekning o'zi ushbu mablag'ning 7,5 mln.ni o'zi to'lagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Repubblica