"Barselona" o'yinchilari jamoani YCHLda g'olib qildirgan murabbiyning qaytishini xohlashmoqda

Alisher
29 yanv 2024, 00:32
"Barselona" futbolchilari Xavi ketganidan so'ng Luis Enrike bilan ishlashmoqchi.

PSJ bosh murabbiyining nomzodi "ko'k-anorranglilar" kiyim almashtirish xonasida juda ham mashhur. Uni ushbu loyiha uchun ideal inson deb hisoblashmoqda.

Shu bilan birga, parijliklarning 51 yoshli mutaxassisni qo'yib yubormasligi takidlanmoqda. Ularning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Enrike "Barselona"da 2014-2017 yillarda ishlagan va jamoa bilan 9ta sovrin yutgan. Shuningdek u 2018 yildan 2022 yilgacha Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport