"Barselona" Olmoni nima uchun operaciya qilishni istamayotgani ma'lum bo'ldi

Alisher Ostonov
7 dek 2025, 20:39
"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmoning holati haqida ma'lumot paydo bo'ldi.

Olmo elkasida jarrohlik amaliyotini o'tkazishi kerak, ammo hozircha uni o'tkazish rejalashtirilmagan. Agar futbolchi uni hoziroq o'tkazganida, kamida 4 oyga safdan chiqqan bo'lardi. Shu munosabat bilan Olmo bo'lajak jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin edi. Hech kim tavakkal qilishni xohlamaydi. Futbolchining maqsadi konservativ tarzda tiklanish va mavsum oxirida ajoyib formada bo'lishdir.

27 yoshli Dani Olmo joriy mavsumda barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

"Barselona" navbatdagi o'yinni 9 dekabr kuni "Ayntraxt"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Diario Sport