Barselona Olmo transferi bo'yicha so'nggi taklifini yubordi

Khoja
2 avg 2024, 08:51
Ispaniya klubi Dani Olmoni sotib olish uchun uchinchi va so'nggi taklifini yubordi.

Yangi taklifga ko'ra kataloniyaliklar umumiy hisobda 60 million evrolik taklif yubordi. Birinchi bo'lib jamoa Leyptsigga 25 million to'laydi, qolgan 22 millioni esa kelasi yil beradi. Shuningdek, 13 million evro futbolchining natijalariga qarab bonus tariqasida berishni maqsad qilgan. Agar germaniyaliklar ushbu taklifni qabul qilmasa, Barselona ushbu futbolchi uchun kurashdan chiqishini ma'lum qilgan.

Olmo o'tgan mavsum Bundesligada 21ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com