"Barselona" "Nyuells Old Boyz" himoyachisi Santyago Verdjini bilan shartnoma imzolashi mumkin

25 iyul 2013, 11:56
"Barselona" markaziy himoyani kuchaytira oladigan futbolchi izlashda davom etmoqda, deb yozyapti ispan matbuoti.
Jamoaning yangi bosh murabbiyi Xererdo Martino ham bu chiziqni kuchaytirish shart ekanini ta'kidlab o'tdi.

Kataloniyaliklar "Nyuells Old Boyz" himoyachisi Santyago Verjini bilan qiziqib ko'rishmoqchi ekanligi haqida ham ma'lumotlar bor. Ushbu himoyachi Xererdo Martinoning sobiq klubida 2011 yildan buyon o'ynab keladi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" sobiq murabbiyi Tito Vilanova "PSJ" himoyachisi Tyagoni sotib olish kerak ekanligini ko'p bora takrorlagan. Biroq Tyago francuz klubini tark etmoqchi emas.

Manba: championat.com