

"Barselona" ancha vaqtdan buyon kelajakni o'ylab, Robert Levandovskiga o'rinbosar qidirmoqda. Klub rahbariyati Vitor Rokedan tashqari bir qancha hujumkor futbolchilar variantini ko'rib chiqyapti va nigeriyalik yosh hujumchi Gift Orban qolganlar orasida ajralib turibdi.
Hozirda Belgiyaning "Gent" jamoasi futbolchisi bo'lgan 21 yoshli Orban "Barselona"ning yangi sport direktori Dekuning e'tiborini o'ziga qarata oldi, deb xabar berdi "Fichajes".
Biroq "Barselona" Orbanning o'yiniga e'tibor qaratgan yagona klub emas. "Milan" va "Tottenxem" nigeriyalik hujumchini qo'lga kiritish uchun kataloniyaliklar bilan raqobatlashadi.
Orban joriy mavsum 10 ta o'yinda 6 ta gol urdi.



