“Barselona” Neymardan 75 mln evro tovon puli talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
13 fev 2018, 23:23
FIFA “PSJ” hujumchisi Neymarning “Barselona”dan talab qilayotgan 40 mln evrolik bonus puli Kataloniya jamoasi tomonidan to'lanmasligini ma'lum qilgandi.

Braziliyalik hujumchi o'tgan yilning avgust oyida “Barselona”dan 222 mln evro evaziga “PSJ”ga ko'chib o'tgandi. Neymar o'zining sobiq jamoasidan 2016 yili amaldagi shartnomasini uzaytirgani uchun bonus talab qildi. 

Forvard so'rayotgan summa 40 mln evroni tashkil qilardi. FIFA jarayonni o'rganib chiqib, 26 yoshli Neymarning talabini qondirmadi. Futbolchi FIFAning bu javobidan so'ng sudga murojaat qildi. 

O'z o'rnida “Barselona” ham shartnoma bandlarini buzgani va buning natijasida klubga moliyaviy zarar etkazgani uchun Neymardan 75 mln evro tovon puli undirishni so'rab sudga ariza yozgan. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif