"Barselona" Neymar uchun ikki futbolchisini berib yuborishga tayyor

Alisher
5 mar 2020, 12:05
"Barselona" Neymarni ortga qaytarmoqchi.

Shu sabab "ko'k-anorranglilar" PSJ hujumchisi uchun vinger Usmon Dembeleni va forvard Antuan Grizmannlarni berib yuborishga tayyor.

"Barselona" aslida Neymarni 2019 yilning yozida ortga qaytarmoqchi edi, ammo kataloniyaliklar xo'jayinlari PSJ rahbariyati bilan kelisha olmadi.

Neymar joriy mavsum Fransiya chempionatida 15ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 6ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mirror.co.uk