"Barselona" muxlislari uchun noxush yangilik

Aslanov Jasurbek
24 sen 2023, 00:46
"Barselona" yarim himoyachisi bir necha haftaga safdan chiqqan bo'lishi mumkin.

Kataloniya klubi yarim himoyachisi Frenki De Yong "Selta"ga qarshi bahsning 36-daqiqasida jarohat olib, almashtirildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, dastlabki skanlar futbolchining jarohati jiddiyroq bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi. De Yong noyabrgacha maydonga tushmasligi mumkin.

Futbolchi chuqurlashtirilgan ko'rikdan o'tganidan so'ng uning safga qaytish muddati ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport