

Marca xabariga ko'ra, Primera bahslari yakuniga etmasidan, muddatidan avval o'z nihoyasiga yetishi mumkin.
Belgiyada mamlakat chempionati bahslari muddatidan oldin yakuniga etkazilib, turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan “Bryugge” chempion deya e'lon qilindi.
UEFA qita birinchiligi bahslarini qoldirdi, ammo koronavirus bilan bog'liq vaziyat yozda ijobiy tomonga o'zgarishi haqida aniq bir ma'lumot yo'q. Mavsumning qolgan o'yinlari bekor qilinib, ayni paytda turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Barselona” chempion deya e'lon qilinishiga klub vakillari qarshilik qilishlari mumkin.
Kataloniyaliklar bu taxlit chempion bo'lishni istashmayapti, chunki ular moliyaviy jihatdan katta. Agar chempionat davom ettirilmasa, birgina so'nggi besh o'yin o'tkazilmasligi natijasida “Barselona” 16,5 million evro zarar ko'radi.



