"Barselona" Messiga bir umrlik shartnoma taklif qilmoqchi

Alisher
27 iyul 2019, 12:14
"Barselona" hujumchi Lionel Messiga muddatsiz shartnoma taklif qiladi.

Shartnoma argentinalikning futbolchilik faoliyatini yakunlaganiga qadar amal qiladi.

Messining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilda o'z yakuniga etadi.

32 yoshli futbolchi "Barselona" tarkibida shu paytgacha 687ta o'yinda maydonga tushib, 603ta gol urishga erishgan.

Argentinalik afsona 2005 yildan buyon Argentina terma jamoasida o'ynab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Mundo Deportivo