"Barselona" Messi ketganidan keyin birinchi marta Chempionlar ligasining pley-off bosqichida ishtirok etadi

Nozimov Nig'monxo'ja
29 noya 2023, 08:45
"Barselona" argentinalik hujumchi Lionel Messi ketganidan keyin ilk bor Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasidagi o'yinda “Barselona” “Portu”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi va muddatidan avval Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo'llanmani kafolatladi.

Bungacha Kataloniya klubi ketma-ket ikki mavsum Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqa olmagan, ikki marta turnirning guruh bosqichini uchinchi o'rin bilan yakunlagandi.

Messi 2020/21 yilgi mavsum yakunidan so'ng "Barselona"ni tark etgandi va bu Kataloniya klubi uchun Chempionlar ligasining pley-off bosqichida ishtirok etgan so'nggi mavsum bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com