"Barselona" Markus Reshford borasida bir qarorga keldi

Khoja
21 sen 2025
"Barselona" ijara asosida harakat qilayotgan Markus Reshfordni sotib olishga qaror qildi.

 Kataloniyaliklar qishda hujumkor yarim himoyachini "Manchester Yunayted"dan 23 million evroga sotib olishni reja qilgan. Bu haqda TBR Football  nashri xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko'ra, Kataloniya klubi mavsum oxirida angliyalik futbolchini 26 million funt sterlingga (29,9 million evro) ham sotib olishi mumkin, biroq yanvar oyida buni arzonroq narxda qo'lga kiritmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" yozda futbolchini ijaraga olgandi. Markus hozirga kelib "Barselona" safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 1 ta assist bor.


KhojaMuallif
Manba: TBR Football