"Barselona" Luis Suaresni qaytarishi mumkin

Alisher
7 yanv 2022
Urugvaylik Luis Suares Madridning "Atletiko" klubidan kyetishga yaqin.

Shu bilan birga tajribali hujumchi Ispaniya chempionatida qolishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, hujumchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" Suaresga "Kamp Nou"ga qaytishni taklif qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Suares Kataloniya jamoasidan 2020 yilning sentyabrida ketgandi, shundan so'ng erkin agent maqomida "matraschilar" bilan shartnoma tuzgandi. Tomonlar ikki yillik kelishuvga erishishgan.

34 yoshli forvard joriy mavsum La Liga doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur