Barselona Levandovskiga APLdan o'rinbosar topdi

Alisher
26 fev 2025, 10:26
Barselona 36 yoshli hujumchi Robert Levandovskiga o'rinbosar izlamoqda.

Yaqinda polshalikning shartnomasi avtomatik tarzda 2026 yilning yoziga qadar uzaytirildi. 2025/26 yilgi mavsum so'nggida "faxriy" o'yinchi katta ehtimol bilan jamoani tark etadi, shuning uchun klub allaqachon unga o'rinbosar topish haqida bosh qotirmoqda. Kataloniya grandi rahbariyati Liverpuldan Darvin Nunesni ideal nomzod deb hisoblamoqda. Urugvaylik Angliyada o'zini ko'rsata olmadi, shuning uchun u sotuvga qo'yilishi mumkin. Nunesga Saudiya Arabistoni chempionati vakillari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali 25 yoshli forvardning narxini 65 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Transfer News Live