"Barselona" Lars Benderga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
19 noya 2014, 09:30
"Bayer" yarim himoyachisi Lars Bender "Barselona" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Bender Kataloniya klubi uchun eng maqul variantlardan biri bo'lishi mumkin. Sababi germaniyalik futbolchining narxi 20-25 milliondan ortiq bo'lmaydi. "Barsa" qiziqayotgan Koke va Andre Gomesh kabi futbolchilar esa qimmatroq turishadi.

Lars Benderga Londonning "Arsenal" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru