"Barselona" Ispaniya terma jamoasi himoyachisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Alisher
21 may 2021, 13:48
"Barselona" prezident Joan Laporta boshchiligida tarkibni yozgi transfer oynasida o'zgartirmoqchi.

Kataloniyaning klubining bosh maqsadlaridan biri - "Vilyarreal" markaziy himoyachisi Pau Torres.

Torres "Barselona"ga qimmatga tushishi mumkin. "Vilyarreal" kataloniyaliklarga o'yinchining shartnomasidagi bandni ko'rsatishdi, unga ko'ra transfer 60 million evro evaziga amalga oshishi mumkin. Kataloniyaliklar bitimga o'z o'yinchilarini qo'shish orqali, narxni tushirishmoqchi.

24 yoshli Pau Torres 2020/21 yilgi mavsum 43ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo