"Barselona" Ispaniya kubogida ishtirokini davom ettiradi

"Levante" yuborgan ariza Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan rad etildi.

"Levante"ga qarshi Ispaniya kubogining dastlabki o'yinida "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde diskvalifikaciyaga uchragan himoyachi Xuan Brandarizni maydonga tushirgan. Shu sababli, mamlakat futbol federatsiyasiga "Levante" tomonidan shikoyat kelib tushgandi. 

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, reglamentga ko'ra shikoyat 5 kun ichida yuborilishi kerak. Klub esa kech qolgani sababli ariza qabul qilinmadi va kataloniyaliklar musobaqadagi yurishini davom ettiradigan bo'lishdi.


Manba: Mundo Deportivo