"Barselona" "Inter" futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi

Mirjalol Normatov
22 dek 2020, 15:31
"Barselona" "Inter" futbolchisi Lautaro Martines bilan faol muzokaralarni boshladi.

24 yoshli argentinalik futbolchi Kataloniya klubiga 100 milliondan arzoniga tushmaydi. Milanliklar esa 111 million evro talab qilmoqda, deb yozadi "Marca".

Narxni pasaytirish uchun esa "ko'k-anorranglilar" turli xil futbolchilarni taklif qilmoqda. Ulardan biri Filippe Koutino bo'lib turibdi.

Ushbu mavsumda Martines A Seriyaning 12 o'yinida 5 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca