"Barselona" Inesta bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

Aslanov Jasurbek
13 mar 2017, 14:47
Yarim himoyachi Andres Inesta "Barselona" bilan kelishuvni uzaytirishi mumkin.

Kataloniya klubi rahbariyati 32 yoshli futbolchiga yangi bitim taklif qilishga tayyor. Inestaning amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, kataloniyaliklar kelishuvni 2020 yilgacha uzaytirmoqchi.

2016/17 mavsum oxirigacha "Barselona" Lionel Messi va Mark-Andre ter Shtegenlar bilan ham yangi shartnoma imzolamoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo