"Barselona" ikki futbolchidan qutilmoqchi

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2017
"Barselona" hujumchisi Kristian Telo kelasi mavsum Kataloniya klubi sharafini himoya qilmaydi.

Klub yangi bosh murabbiyi Ernesto Valverde unga ishonch bildirmayapti va "Barselona" uning transferga qo'yadi. O'tgan mavsum ijara asosida "Fiorentina" sharafini himoya qilgan Teloga "Olimpiakos"dan qiziqish bor, biroq klublar o'rtasida hozircha muzokaralar bo'lib o'tgani yo'q.

Himoyachi Jeremi Matyo ham "Barselona"ni tark etishi kerak. Ispan grandi uni ham "Olimpiakos"ga taklif qilgan. Oldinroq Matyo jamoadoshlariga klubni tark etishi haqida ma'lum qilgani borasida yangiliklar chop etilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es